Qarshidagi «Kitob monumenti» boshqa hududga ko‘chirilmoqda

Qarshi davlat universiteti ro‘parasida ilmga atab ramziy ma’noda o‘rnatilgan «Kitob monumenti» universitet hududiga ko‘chirilmoqda.
Qarshi davlat universiteti axborot xizmatining ma’lumotida aytilishicha, aholi va talaba-yoshlar xavfsizligini ta’minlash, mashinalar qatnovini normallashtirish va universitet ro‘parasida yuzaga keladigan tirbandlikni oldini olish maqsadida ko‘chalar kesishmasida svetoforlar o‘rnatiladi.
«Kitob monumenti» bundan ikki yil avval ushbu joyga o‘rnatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter