Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida ijarada turgan 17 yoshli qiz hammomda vafot etdi

Qarshida ijarada turgan 17 yoshli qiz hammomda vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 20-noyabr kuni Qarshi shahri Mahallot mahallasi Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan qiz vafot etdi.

«Nasafnews» manbasiga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan qizning jasadi hammomdan topilgan. U is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

Marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. Qarshi shahridagi o‘quv markazida tahsil olish uchun Mahallot mahallasidagi xonadonda ijarada yashagan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Forish tumanida 34 yoshli uy bekasi va uning 10 va 5 yoshlardagi o‘g‘illari is gazi qurboni bo‘lishgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring