Putin va Kim Chen In hech qanday kelishuvga erishmadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In Vladivostokda bo‘lgan muzokaralar chog‘ida hech qanday aniq kelishuvga erishmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berib o‘tdi.
«Yo‘q, hech qanday aniq kelishuv bo‘lgani yo‘q. Faqat har ikki tomonning kun tartibidagi bir qator masalalar ko‘tarildi», —deydi Ushakov.
U shu bilan birga har ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ancha foydali o‘tganini ham ta’kidladi. Tomonlar Koreya yarim orolidagi vaziyat va uning ravnaqi masalasida fikr almashgan.
Vladimir Putin va Kim Chen Inning ilk rasmiy uchrashuvi 25 aprelda Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar ikki soat davomida muzokara olib borishgan. Ushbu muzokara matbuotdan yopiq holatda o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida Kim Chen In Putinni KXDRga taklif etdi. Rossiya prezidenti bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter