Putin G‘arbning hiylasi haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Arxangelsk» atom suvosti kemasi dengizchilari bilan uchrashuvda G‘arb mamlakatlarining sobiq rahbarlari Rossiyani aldab, Kiyevni qurollantirish uchun Minsk kelishuvlaridan foydalanishganini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Putinga ko‘ra, hiylada, xususan, Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel va Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland qatnashgan.
Ular Minsk kelishuvlari faqat Kiyevni qurollantirish va Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarga tayyorlash uchun kerak bo‘lganini oshkora aytishgan, dedi Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter