Putin Erdo‘g‘on bilan kelishib oldi. U Turkiyaga boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Sabah nashrining yozishicha, ular Rossiya rahbarining Turkiyaga tashrifi borasida kelishib olishgan.
Prezidentlar boshqa masalalar qatori don bitimini ham muhokama qildilar.
Ikki davlat rahbarining telefon orqali muloqoti haqida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ma’lum qildi.
Rossiya va Turkiya rahbarlari oxirgi marta yoz boshida telefon orqali gaplashgan: 7 iyun kuni ular ikki tomonlama munosabatlar va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishgan, 24 iyun kuni esa Turkiya tomonining iltimosiga binoan Putin Prigojinning isyoni bilan vaziyatga izoh bergan.
Rossiyaning don shartnomasini uzaytirmaslik haqidagi qaroridan keyin yetakchilar hali muloqot qilmagandi.
Endi don bitimi Putinning Turkiyaga tashrifidan keyin tiklanishi mumkinligini aytilmoqda. «O‘ylaymanki, janob Putin bilan bu masalani batafsil muhokama qilish orqali biz ushbu insonparvarlik sa’y-harakatlarini davom ettirishni ta’minlaymiz», — dedi Erdo‘g‘on.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter