Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pul o‘tkazmalari hajmi kamaydi

Pul o‘tkazmalari hajmi kamaydi

Foto: Markaziy bank

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln. dollarga yoki 7 foizga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln. doll. yoki 8 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 mlrd. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln. dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring