2023-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 11,4 mlrd dollarni tashkil etgan
2023-yil yakuniga ko‘ra, pul o‘tkazmalari o‘rta muddatli trend darajasiga qaytib, 11,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
Bu haqda Markaziy bankning 2023-yil IV choragi uchun tayyorlagan «Pul-kredit siyosati sharhi»da ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu pasayish yuqori baza effekti, qisman mehnat muhojirlarini qabul qiluvchi asosiy mamlakatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi hamda mehnat migratsiyasi oqimining biroz qisqarishi bilan izohlanadi.
«Yuqorida ta’kidlangan fundamental omillar ta’sirida 2023-yilda milliy valyuta kursi qadrsizlanishi 9,8 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, 2023-yilning IV choragida real samarali almashuv kursi indeksi mo‘’tadil pasayishda davom etib, 2023-yil boshiga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlandi. Bu asosiy savdo hamkorlar valyuta kurslari mustahkamlanishi va ulardagi inflyatsion jarayonlarning tezlashishi bilan izohlanadi», – deyiladi Markaziy bank sharhida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter