Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident nutqini buzishga uringan aktrisa hibsga olindi

Prezident nutqini buzishga uringan aktrisa hibsga olindi

Aktrisa Xanter Shafer AQSh prezidenti Jo Baydenning nutqini buzishga qaratilgan Falastin tarafdorlari namoyishida qatnashgani uchun hibsga olindi.

«Hayot-mamot o‘yinlari» filmi  yulduzi «Tinchlik uchun yahudiy ovozi» tashkiloti safida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

«Xanter 50 kishi bilan birga namoyish paytida hibsga olindi. Biz uni Falastin ozodligi va hamma uchun adolat uchun kurashga sodiqligi uchun olqishlaymiz», – dedi namoyish tashkilotchisi o‘z bayonotida.

Qayd etilishicha, Shafer o‘t ochishni to‘xtatish talabi yozilgan futbolkada bo‘lgan. Uning qancha muddat hibsda qolishi hozircha noma’lum.

Tashkilotining ma’lum qilishicha, 25 yoshli aktrisa politsiya uni hibsga olgan paytda Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring