Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni: Sardor Umurzoqov bosh vazir o‘rinbosari etib tasdiqlandi

Prezident farmoni: Sardor Umurzoqov bosh vazir o‘rinbosari etib tasdiqlandi

Sardor Umurzoqov.

Prezident farmoniga asosan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli qarorlariga ko‘ra:

  • Aziz Botirovich Voitov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
  • Alisher Habibullayevich Abdualiyev esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sardor Umurzoqov nomzodini ko‘rib chiqib, uni bu lavozimga tayinlash haqida qaror qabul qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring