Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Eng avvalo, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pokiston Prezidenti Orif Alviy, ushbu mamlakat idoralari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi ham ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring