«Barselona» prezidenti Messidan nega xafa?
«Barselona» prezidenti Joan Laporta hujumchi Lionel Messining Kataloniya klubida qolib, uning uchun tekin o‘ynash o‘rniga PSJga o‘tish qaroridan xafa bo‘lganini tan oldi. Uning so‘zlari Marca tomonidan keltirilgan.
«Hamma dalillar shuni ko‘rsatadiki, u «Barsa»dan ketishdan oldin «PSJ»dan taklif olgan. Bir qarorga kelganda, men hamma narsani «Barselona» foydasi uchun qilyapman deb o‘yladim. Men vaziyat o‘zgaradi, Messi «Barsa»da tekin o‘ynashni taklif qiladi deb umid qilgandim, lekin uning darajasidagi o‘yinchidan bunday bo‘lishini kutish mumkin emas», — dedi Laporta.
U Messini «Barselona» tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini qo‘shimcha qildi.
28-sentyabr kuni Messi Parij klubi uchun birinchi golni urdi. 34 yoshli argentinalik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinning 74-daqiqasida gol urdi. Uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi, mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter