Poytaxtliklar «kamida 12 soat yog‘adigan» qor oqibatlaridan ogohlantirildi
Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisini bugun, 18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi va uning kamida 12 soat davom etishidan ogohlantirmoqda.
Hokimlikdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshadi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar aholisidan:
- Zaruratsiz uydan chiqmaslikni, harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanishni;
- Qor va muz massalari tushishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli binolardan saqlanishni;
- Quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslikni so‘raymiz - bu yaqinlashib kelayotgan mashina yoki qor tushishini eshitmay qolishingizga olib kelishi mumkin;
- Avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslikni;
- Elektr yoki gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda Markaziy dispetcherlik xizmatining 1055 raqamiga yoki Telegram orqali murojaat qilish so‘ralmoqda.
«Qor yog‘ishi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun hokimlik xizmatlari, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar shay holatda ekanligini ma’lum qilamiz», – deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter