Hafta o‘rtalarida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati soviy boshlaydi

28-yanvar, seshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Bu haqda O‘zgidromet prognozlarida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq, respublikaning shimoliy hududlarida 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq bo‘ladi.
29-31 yanvarda sovuq havo massalari O‘zbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, shimoliy hududlar ba’zi joylarida 8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida 29-31 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, asosan qor shaklida yog‘adi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan yo‘nalishini g‘arbiyga o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter