Janubiy Afrikada qor yog‘di

Janubiy Afrikada kuchli shamol aralash yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanib, havo harorati keskin pasayib ketdi.
Tabiat hodisasi oqibatida 49 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi, ularning soni oshishi mumkin. Kuchli siklon JARning bir nechta provinsiyasiga yopirilgan. Qariyb 500 ming aholi elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Meteorologlar mamlakat sharqida havo harorati keskin sovib ketishi, bo‘ron kuchayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi haqida ogohlantirmoqda. Afrika janubida qishda (iyun–avgust — Janubiy yarimsharda qish) qor yog‘ib turadi, ammo bunday qahratonni hech kim kutmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter