Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fil laqabli sug‘ur bahor qachon kelishiga ishora berdi

Fil laqabli sug‘ur bahor qachon kelishiga ishora berdi

Foto: RTVI

Amerikalik mashhur ob-havo bashoratchisi — Fil laqabli sug‘ur bahor qachon kelishiga ishora berdi.

«Sug‘ur kuni» filmi orqali ko‘pchiligimizga ma’lum bu jonivor AQShning Pensilvaniya shtatidagi Panksatoni shaharchasida yashaydi.

2025-yilning 2-fevral kuni uyasidan chiqayotib o‘z soyasini ko‘rib qolgan Fil ortiga qaytib kirib ketdi, bu qish yana olti hafta davom etishini anglatadi.

Aytishlaricha, Sug‘ur kuni an’anasi 1886-yildan beri mavjud. Har yili 2-fevralda panksatoniliklar Fil yashayotgan joy tomon otlanishadi. Agarda sug‘ur o‘z soyasini ko‘rib qolsa, qish yana olti haftaga cho‘ziladi, aks holda esa bahor erta keladi.

Albatta, bu shunchaki an’ana. Filning bashoratlari ko‘pincha xato chiqadi. Haqiqiy bahor esa martning 20-sanalaridan (bizning talqinda Navro‘z yoki hamal kirganidan) boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring