Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt ikkilamchi bozoridagi uylar narxi bir yilda qanchaga qimmatlagani aytildi

Poytaxt ikkilamchi bozoridagi uylar narxi bir yilda qanchaga qimmatlagani aytildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlari tahliliga ko‘ra, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 metr kvadrat uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil fevral oyiga nisbatan 23,1 foizga o‘sdi.

Mazkur oyda Toshkent shahri ikkilamchi bozorida narxlarning o‘sishi oyiga 3,8 foizni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Chilonzor (9,6 foiz), Sergeli (6,2 foiz) va Olmazor (4,9 foiz) tumanlarida qayd etildi.

2022-yil fevral oyiga nisbatan esa Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,5 foizga oshdi.

Uy-joy narxlarining sezilarli o‘sishi yil boshidan buyon Navoiy – 32,7 foiz, Farg‘ona – 31,5 foiz viloyatlarida va Toshkent - 31,5 foiz shahrida kuzatildi.

O‘rganishlarga ko‘ra, uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni yanvar oyida 18 mingtani tashkil qilgan bo‘lsa, fevral oyida ularning soni 22,5 mingtaga yetdi va 24 foizga o‘sdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring