Poytaxt hokimligi majlislar o‘tkazishni vaqtincha chekladi
Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.
Bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Zarur hollarda yig‘ilishlar onlayn tizimda o‘tkazilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va ularning yotoqxonalarida karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Avvalroq, poytaxtda ommaviy tadbirlarni 1-apreldan taqiqlash taklifi berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter