Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshadagi o‘zbekistonliklar haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha ogohlantirildi

Polshadagi o‘zbekistonliklar haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha ogohlantirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Polshada bo‘lib turgan hamda mehnat migratsiyasi bilan ushbu davlatga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni haydovchilik guvohnomasini olish borasida ogohlantirmoqda. Agentlikka ko‘ra, ayrim manbalarda «O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi» degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalmoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yil 17-iyundan Polshada chet ellik haydovchilar uchun kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, avtomobil vositasi, shu jumladan, taksini boshqarish uchun Polsha namunasidagi guvohnoma talab etiladi.

«Ushbu guvohnoma munitsipal organlarining davlat xizmatlari markazida (Urząd) almashtiriladi.

Elchixona faqat O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligini polyak hokimiyatlari talabiga ko‘ra tasdiqlaydi», – deyiladi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabarida.

Tasdiqlovchi hujjat olish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • elchixonaga ariza;
  • qonuniy yashayotganini tasdiqlovchi hujjat;
  • haydovchilik guvohnomasi;
  • pasport;
  • to‘lov kvitansiyasi (40$).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring