
O‘tgan yili chorak milliondan ortiq kishi Germaniya fuqaroligini olgan
Germaniya o‘tgan 2024-yil davomida 291 955 nafar chet ellikni o‘z fuqaroligiga qabul qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 46 foiz ko‘p bo‘lib, tarixiy rekord sifatida qayd etildi.

Italiya o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rni ajratadi
Italiyada muhandislik, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqori.

“Yaponiyaga 10 ming nafar o‘zbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi”ga start berildi
Tayyorgarlik O‘zbekistonda boshlanadi. “Yapon Mahorat Nuri” kurslari Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida ochiladi.

migratsiya agentligi murojaat bilan chiqdi
Ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda.

Rossiya mehnat patentlari rasmiylashtirishning bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin
Moskvaga tashrif yakunida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari – jumladan, savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Saudiya Arabistonida bir haftada 13 118 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi
Mamlakatga noqonuniy kirishga ko‘maklashganlar 15 yilgacha qamalishi, 267 ming dollargacha jarimaga tortilishi, transport vositalari va mulklari musodara qilinishi mumkin.

Vatanga deport qilingan o‘zbekistonliklardan xarajatlar undirib olinadi – Hukumat qarori
Hukumatning 313-son qarori bilan tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va ularni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi joriy etiladi.

AQSh chegarasini kesib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
AQSh Havo va dengiz operatsiyalari (AMO) chorshanba kuni Viekes oroliga kirishga uringan to‘rt nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasidagi hamkorligini kuchaytiradi
Tadbirda Rossiya tomonidan RF Bosh prokurori o‘rinbosari P.Gorodov rahbarligida Bosh prokuratura, Federal xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar, Ichki ishlar vazirliklari va boshqa idoralar vakillari qatnashgan.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida Germaniya mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan uch tomonlama anglashuv memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.