Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshaning Netanyahuni hibsga olmaslik qarori tanqid qilindi

Polshaning Netanyahuni hibsga olmaslik qarori tanqid qilindi

Xalqaro jinoiy sudning (XJS) sobiq rahbari Pyotr Xofmanski Polshaning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Osvensim ozod qilinganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etsa, uni hibsga olmaslik haqidagi qarorini tanqid qildi.

«Isroil bosh vazirini harbiy jinoyatlari uchun hibsga olishga order bor va davlatlar uni bajarishga majburdirlar», — deydi Pyotr Xofmanski.

Pyotr Xofmanski.

Xofmanski Polsha hukumati qarorini sof siyosiy xato deb atadi va mamlakat rasmiylari o‘z qonuniy majburiyatlarini e’tiborsiz qoldirayotganini qayd etdi.

«XJS hamkorlarining huquqiy va xalqaro majburiyatlari bor va unga rioya qilmagan davlat o‘zini juda qiyin ahvolga solib qo‘yadi», — deb ogohlantirdi sobiq rahbar.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda hukumatdan Netanyahuning Osvensim ozod qilinganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qo‘rqmasdan (G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar uchun hibsga olinishidan) qatnashishini ta’minlashni so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 21 noyabrda Xalqaro jinoiy sud Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektorida sodir etgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun hibsga olishga order bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring