Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochtadagi barcha yozishmalarni yangi «Gmail» akkauntiga o‘tkazish usuli

Pochtadagi barcha yozishmalarni yangi «Gmail» akkauntiga o‘tkazish usuli

Foto: «Keddr.com»

Elektron pochtangizdagi barcha yozishmalarni yangi «Gmail» akkauntiga o‘tkazishda qiynalyapsizmi? Unda «Layfxaker» tomonidan taqdim etiladigan quyidagi maslahat aynan siz uchun.

Avvalo pochtadagi yozishmalarni yangi «Gmail»ga o‘tkazish uchun «Mail Fetcher» va «POP3» kabi oddiy dasturlardan foydalanish lozim.

Eski akkauntingizga kirib sozlamalardan («Settings») «yuborish» va POP/IMAP (Forwarding and POP/IMAP) ilovasini tanlaysiz. Undagi «POP-yuklamalar» (POP Download) bo‘limidan barcha maktublar uchun «POPni yoqish»ni (POP for all mail) belgilab, amalga oshirilgan o‘zgarishni saqlab qo‘yamiz.

Shundan so‘ng «POP-yuklamalar» (POP Download) bo‘limida «POP yoqilgan» belgisi paydo bo‘ladi. Biz yana bir bor birinchi punktni belgilaymiz.

Endi barcha maktublarni «Sozlamalar» (Settings) bo‘limidagi «Akkauntlar» (Accounts) ilovasi orqali yangi pochta manziliga yuborish lozim. Shundan so‘ng «Boshqa akkauntlardan olingan pochtalar» (Get mail from other accounts) bo‘limida joylashgan boshqa elektron pochta manzillarini qo‘shish (Add another mail account) havolasiga bosamiz. U yerda ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riqlar orqali sozlamalarni osonlikcha yakunlash mumkin.

«Gmail» «POP»dan foydalangan holda eski akkauntdagi maktublaringizni yangisiga o‘tkazgunga qadar biroz kutishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring