Ishga kirish haqidagi arizasini 48 yil kutgan ayol nihoyat javob oldi
O‘z orzusidagi ish uchun ariza bergan Tizi Xodson deyarli yarim asr kutishiga to‘g‘ri keldi.
70 yoshli Tizi Xodsonning 1976 yil yanvar oyida moto-kaskadyor bo‘lish uchun yozgan maktubi 48 yil davomida pochta bo‘limi tortmasida qolib ketganini bilib, hayratda qoldi.
Ushbu yillar davomida u Afrikaga ko‘chib o‘tdi, ilonlarni qo‘lga o‘rgatuvchi va ot boquvchi bo‘lib ishladi, uchishni o‘rgandi. Stavertondagi Tiger Airways aviakompaniyasida aerobatik uchuvchi hamda uchish bo‘yicha instruktor sifatida foliyat yuritdi.
Maktubning yuqori qismida qo‘lda yozilgan yozuv bor edi, unda shunday deyilgan: «Steyns pochta bo‘limi tomonidan kech yetkazib berilmoqda. Pochta tortmasi ortidan topildi. Taxminan 50 yil kechikdi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter