Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon yangi gipertovushli qurolga katta pul ajratdi

Pentagon yangi gipertovushli qurolga katta pul ajratdi

Foto: David B. Gleason

Pentagon yangi gipertovushli qurol yaratishga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Conventional Prompt Strike tizimini takomillashtirish bo‘yicha shartnoma Lockheed Martin kompaniyasi bilan tuzildi.

«Tezkor global zarba» loyihasi gipertovushli raketalar va boshqa yuqori tezlikdagi zarba beruvchi tizimlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Ishlarni 2028-yil 31-avgustiga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Loyiha natijasida AQSh dunyoning istalgan nuqtasidagi nishonga bir soat ichida zarba bera oladigan o‘ta aniqlikdagi yangi noyadroviy qurolga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring