Grenlandiya muzliklari ostidagi AQSh harbiy bazasi topildi

NASA olimlari radar tizimini sinovdan o‘tkazish paytida Grenlandiya muzliklari ostidagi Camp Century AQSh harbiy bazasini aniqlashdi, deb yozdi The Wall Street Journal.
Baza sovuq urush yillarida bir necha yil faoliyat yuritgan. 1967-yilda yopilganidan so‘ng qor va muz ostida qolib ketgan. Hozir majmua 30 metr chuqurlikda joylashgan.

O‘tmishda Camp Century yadroviy reaktorda ishlagan. Baza Pentagonning yadroviy raketalarni uchirishga mo‘ljallangan tarmoq qurish ko‘zda tutilgan Iceworm nomli loyihasining bir qismi hisoblangan. Ushbu ob’yekt 600 taga yadroviy kallakni sig‘dirgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter