«Paynet» faoliyati to‘xtatilmaydi, balki aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatishni boshlaydi
Internet tarmoqlarida «O‘zbekistonda «PAYNET» faoliyati to‘xtatiladi» mazmundagi aholini chalg‘ituvchi xabarlar tarqalmoqda.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda «UzPaynet» MChJ faoliyati to‘xtatilmay turib, Xalq banki tizimida «Paynet» savdo belgisi ostida o‘z faoliyatini aholiga yanada qulay tartibda davom ettiradi.
Bunda, faqatgina «UzPaynet» MChJning mulkchilik shakli o‘zgargan holda, uning barcha majburiyatlari Aksiyadorlik tijorat Xalq banki zimmasiga o‘tkaziladi.
Gap shundaki, Xalq banki tomonidan «Paynet» orqali amalga oshirilayotgan to‘lov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi.
Xususan, bugungi kunda, «Paynet» mobil ilovasi joriy qilingan bo‘lib, aholidan ko‘plab to‘lovlar qabul qilib kelinmoqda.
Qayd etish joizki, Xalq banki yurtimizda eng yirik tarmoqqa ega, ya’ni respublikamizning barcha hududlarini to‘liq qamrab olgan bank hisoblanib, o‘zining 200 ga yaqin filiallari va 3 mingdan ortiq muassasalari orqali aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda «Paynet» shoxobchalari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni endilikda Xalq banki filiallari, muassasalari hamda «Paynet» shoxobchalari orqali yanada kengroq, qulayroq tarzda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Bank axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter