Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi
Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda respublika prezidenti saytida e’lon qilingan farmonda ma’lum qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Konstitutsiya qoidalariga amal qilgan holda, Nikol Pashinyan Armaniston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlandi.
Armaniston Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat prezidenti yangi saylangan Milliy Assambleyaning vakolat muddati boshlanganidan so‘ng darhol parlament ko‘pchiligi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi. Hukumatning o‘zi bosh vazir tayinlanganidan keyin 15 kun ichida tuziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter