Armaniston bosh vazirining vertolyoti favqulodda qo‘ndirildi
![Armaniston bosh vazirining vertolyoti favqulodda qo‘ndirildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2916851566.jpg)
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning vertolyoti Vanadzor shahridagi stadionga favqulodda qo‘ndirildi. Bu haqda mamlakat hukumatining telegram-kanallari xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Pashinyan Gruziya bilan chegaraga yaqin, poytaxt Yerevandan 152 kilometr olisdagi Tashir shahriga uchayotgan bo‘lgan.
Pashinyanning o‘zi voqeaga izoh berarkan, noqulay ob-havo tufayli vertolyot majburiy qo‘ndirilgani, yo‘lning qolgan qismini avtomobilda davom ettirganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter