Parlament deputatlari qaysi tillarni bilishadi — Moldova
Moldova parlamenti deputatlari qaysi tillarni bilishi haqida Noi.md ma’lumot berdi.
Aytilishicha, 11-chaqiriq parlamenti a’zolari orasida o‘z tillaridan tashqari, eston, portugal, nemis, hatto ivrit (yahudiy) tillarini biluvchilar bor. Deputatlarning rezyumelarida deyarli ularning barchasi ingliz va rus tillarini bilishi ko‘rsatilgan, 17 nafar deputat esa fransuzchani o‘zlashtirgan.
PAS deputati Vitaliy Gavruk haqiqiy poliglot — naq oltita xorij tilini biladi: nemis, italyan, fransuz, ispan, ingliz va rus tillari.
Besh deputat — italyan, to‘rt deputat — nemis, uch deputat — portugal, ikki deputat — ispan tilini biladi. Shuningdek, ukrain, gagauz, turk, eston, ivrit tillarini biluvchilar ham bor.
Har yili 26-sentyabrda an’anaviy tarzda Yevropa so‘zlashuv tillari kuni nishonlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter