Panamada selfi qilmoqchi bo‘lgan ayol 27-qavatdan tushib ketdi (video)
Panamada selfi qilmoqchi bo‘lgan bir ayol 27 qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com» sayti.
Sandra Manuela Da Kosta ismli ayol selfi tushish uchun ayvonga chiqqan. Ayolning bu xatti-harakatini ko‘rgan to‘g‘ridagi bino ishchilari uni ogohlantirishgan. Biroq kuchli shamol tufayli ayol ularning ovozini eshitmagan. Tahmin qilinishicha, ayol shamol tufayli muvozanatini yo‘qotib, pastga yiqilgan va olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Aytilishicha, u Panamaga o‘qituvchilik qilish uchun ikki farzandi bilan yaqindagina kelgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter