Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Panama prezidenti Trampni yolg‘onchilikda aybladi

Panama prezidenti Trampni yolg‘onchilikda aybladi

Xose Raul Mulino.

Panama prezidenti Xose Raul Mulino AQSh prezidenti Donald Trampni Qo‘shma Shtatlar Panama kanali nazoratini yana qo‘lga olishni boshladi degan so‘zlari uchun yolg‘onchilikda aybladi.

Kongressda 1,5 soat ma’ruza qilgan Tramp Amerika uchun «oltin asr»ni va’da qildi. Jumladan, u Panama kanali bo‘yicha vaziyatga to‘xtalib, kanaldagi portlar Amerika kompaniyasi tomonidan sotib olinayotgani to‘g‘risida so‘z ochdi.

«Prezident Tramp yana yolg‘onchilik qilyapti. Panama kanali kimningdir nazoratiga topshirilish jarayonida emas, (AQSh) davlat kotibi (Mark) Rubio bilan suhbatimizda bu masala hatto tilga olinmagandi», — dedi Panama prezidenti.

Mulino ta’kidlashicha, Panama va AQSh hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonning manfaatlariga birdek xizmat qiluvchi kelishuvlar asosiga qurilgan.

Tramp o‘z bayonotlarida Panama kanali nazoratini AQSh nazorati ostiga olish niyatini bir necha marta ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring