Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank Uzcard terminallarida Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

O‘zsanoatqurilishbank Uzcard terminallarida Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

O‘zsanoatqurilishbank «Yagona umumrespublika protsessing markazi» va VISA xalqaro to‘lov tizimi bilan birgalikda aholi o‘rtasida naqdsiz to‘lovlarni ommalashtirish hamda rivojlantirish maqsadida «UZCARD terminal tizimida VISA kartalari ekvayringi» loyihasini amalga oshirdi. 

Endilikda O‘zsanoatqurilishbank savdo terminallari va bankomatlari VISA xalqaro kartalariga ham xizmat ko‘rsatadi.

Natijada O‘zsanoatqurilishbank savdo-servis korxonalariga VISA kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga, mazkur turdagi karta egalariga esa, UZCARD terminallari orqali xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni bemalol amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi.

Buning uchun mijozlar o‘zlariga qulay O‘zsanoatqurilishbank filialiga murojaat etishlari kifoya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring