Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada yangi omonatlar taklif etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada yangi omonatlar taklif etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tizimida «Ishonch» va «Yuksalish» nomli yangi muddatli omonatlar joriy etildi. Ushbu omonatlar JOYDA mobil ilovasi orqali ochilganda daromadlilik nisbatan yuqori bo‘ladi, onlayn tarzda oson va yengil boshqariladi.

«Ishonch» omonatining saqlanish muddati 13 oy.

Omonat uchun belgilangan minimal summa 500 000 (besh yuz ming) so‘m.

Omonatga hisoblanadigan yillik ustamalar bank filiallari va sotuv ofislarida ochilganda 20 foiz, JOYDA mobil ilovasi orqali esa 21 foiz hajmida belgilangan.

Omonatga qo‘shimcha mablag‘lar kiritib borish va yechib olish ko‘zda tutilmagan. Biroq, uni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjuddir.

«Yuksalish» omonati.
Ushbu omonatning saqlanish muddati 13 oy, boshlang‘ich badal miqdori esa 100 000 so‘m.

Mijoz o‘z xohishiga ko‘ra omonatga qo‘shimcha mablag‘lar kiritib borishi va qisman yechib olishi mumkin.

Omonat daromadliligi bank filiallari va sotuv ofislarida rasmiylashtirilganda 19 foiz, JOYDA mobil ilovasi orqali esa 20 foiz hajmida belgilangan.

Shuningdek, omonatchi mazkur omonat bo‘yicha ham uni muddatidan oldin yopish imkoniga egadir.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan amaliyotga kiritilgan yangi omonatlarning eng asosiy afzalligi – har ikki omonat bo‘yicha ham mablag‘lar muddatidan oldin qaytarib olinganda u bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlari kuymasdan, mijoz tasarrufida qoladi.

Bundan tashqari, ayni paytda Bank tizimda «Kapital» nomli xorijiy valyutadagi omonat ham amal qilmoqda.

Unga mablag‘lar AQSh dollarida 6 oy muddatga, minimal miqdorda 500 (besh yuz) dollar hajmida qabul qilinmoqda.

Omonat bo‘yicha belgilangan yillik ustama foizlar (4%) har kuni hisoblanib, omonatchiga oy yakunida to‘lab berilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zsanoatqurilishbank tizimida aholi omonatlarining siri saqlanishini va pul mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilishi to‘liq ta’minlangan.

Mijozlar omonatlari «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.

Batafsil: https://sqb.uz/uz/individuals/deposits/

JOYDA ilovasini yuklash: http://cutt.ly/joyda

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring