Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkori deb topildi

«O‘zsanoatqurilishbank» Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkori deb topildi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank axborot xizmati

Shu yilning 4 sentyabrida Singapur shahrida o‘z ichiga butun dunyo bo‘ylab 200 hamkor bankni oluvchi Osiyo taraqqiyot bankining tijoratni moliyalashtirish dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB «2018 yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi yetakchi hamkor-bank deb topildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, tadbir davomida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va OTB o‘rtasida kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Osiyo taraqqiyot bankining tijoratni moliyalashtirish dasturida ishtirok etuvchi va OTBning tasdiqlovchi bank maqomidagi O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi bank bo‘ladi.

Qayd etilishicha, OTBning mazkur vositasidan foydalanish «O‘zsanoatqurilishbank»ning «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yorlig‘i ostidagi mahsulot va xizmatlar eksportini moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Tijoratni moliyalashtirish dasturi OTB tomonidan 2009 yilda boshlangan. Mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad tijorat banklaridagi risklarni horij banklaridan kredit mablag‘larini jalb etish orqali bo‘lib tashlash vositasida OTBga a’zo mamlakatlardagi kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda hamkorlik qilishdan iborat.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB 2013 yildan buyon mazkur dastur ishtirokchisi sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring