Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» filiallari binolarida quyosh energetikasi tadbiq etilmoqda

«O‘zmilliybank» filiallari binolarida quyosh energetikasi tadbiq etilmoqda

O‘zbekiston yangi rivojlanish yo‘liga o‘tmoqda, mamlakat iqtisodiyotida yaqin vaqtlarda yashil energetikaning o‘rni o‘sishi kutilyapti. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu borada 2019 yilning 22 avgustida «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4422-sonli Qarori hamda 2022 yil 9 sentyabrdagi PF-220-sonli «Energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan.

Prezidentimiz talablaridan kelib chiqqan holda, «O‘zmilliybank» AJ quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, «O‘zmilliybank» tomonidan 2022 yilda Toshkent shahridagi 13 ta filialning ma’muriy binosiga umumiy summasi 218,5 mln. so‘m bo‘lgan 4 600 litr hajmdagi 23 dona quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilib, quyosh energiyasi hisobidan o‘rtacha bir oyda 92 000 litr issiq suv ishlab chiqarildi. Shuningdek, bankning 24 ta filialiga umumiy summasi 1 320 mln. so‘m bo‘lgan 120 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyalari o‘rnatilib, quyosh energiyasi hisobidan o‘rtacha bir oyda 28 800 kVt quvvatga teng elektr energiyasi iqtisod qilinmoqda.

«O‘zmilliybank» tomonidan 2023-2024 yillarda binolarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalari (geliokollektor) o‘rnatish yuzasidan reja belgilandi. Ushbu reja asosida 2023 yil yakuniga qadar umumiy summasi 12,6 mlrd. so‘m bo‘lgan 59 ta bank filialida 1 145 kVt quvvatga ega quyosh panellari hamda umumiy summasi 570,0 mln. so‘m bo‘lgan 12 000 litr hajmdagi 60 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, 1 080 dona quyosh energiyasi asosida ishlaydigan tashqi yoritish chiroqlarini o‘rnatish maqsad qilingan.

Quyosh energiyasi – biologik va ekologik jihatdan xavfsiz, qayta tiklanadigan energiya bo‘lib, zamonaviy iqtisodiyotda tobora ko‘proq ahamiyat kasb etib bormoqda. «O‘zmilliybank» AJ zamonaviy texnologiyalarga mutanosib ish olib boradi va bankning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar natijasida quyosh energiyasi hisobidan o‘rtacha oyiga 229 000 kVt quvvatga teng elektr energiyasi iqtisod qilish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring