Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ va Visa hamkorligining 2022 yil yakunlari

«O‘zmilliybank» AJ va Visa hamkorligining 2022 yil yakunlari

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ 1993 yildan buyon Visa Internationalning prinsipial a’zosi bo‘lib, 1994 yilda mamlakatda birinchi bo‘lib Visa xalqaro to‘lov kartalarini chiqarishni boshladi. Bunday uzoq muddatli hamkorlik davrida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.

«O‘zmilliybank» AJ mamlakatda to‘lov tizimini rivojlantirishga asos soldi va innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish hamda joriy etishda tashabbuskor bo‘ldi:

- Visa kartalari bilan elektron tijorat xizmatini ishga tushirgan birinchi bank;

- «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va Visa Infinite premium klass kartalari bilan premium kobrend kartalarini chiqargan birinchi bank;

- Visa Direct xizmati bilan r2r o‘tkazmalarini amalga oshirgan birinchi bank;


- 3D Secure 2.0 onlayn to‘lovlar uchun xavfsizlik protokoliga o‘tgan birinchi bank;


- Visa Platinum kartasi asosida Solfy to‘lov kartasini chiqargan birinchi bank.


Yil oxirida odatda bankning barcha biznes yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat natijalari sarhisob qilinadi. 2022 yil nafaqat bank, balki butun dunyo uchun kutilmagan sinovlarga boy bo‘ldi. Mijozlarning sadoqati va ishonchi tufayli «O‘zmilliybank» AJ to‘lov tizimlari bozoridagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tdi va karta biznesidagi yetakchilikni mustahkamladi.

VISA xalqaro to‘lov tizimi bank tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va «O‘zmilliybank» AJni uchta yo‘nalish bo‘yicha g‘olib deb topdi:

1. «Eng yaxshi biznes kartalari emitenti»;
2. «Birinchi to‘lov kartasini ishga tushirish»;
3. «Xavflarni boshqarish bo‘yicha yetakchi».

«O‘zmilliybank» AJ ishonchli va uzoq muddatli hamkor bo‘lmish Visa International bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi bozorida xavfsiz naqd pulsiz hisob-kitoblarni faol rivojlantirishda davom etadi va bank mijozlariga minnatdorchilik bildiradi, ularsiz bunday natijalarga erishib bo‘lmas edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring