Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozish uchun tunda yesa bo‘ladigan 3 ta mahsulot

Ozish uchun tunda yesa bo‘ladigan 3 ta mahsulot

Foto: «Pixabay.com»

Amerikalik shifokorlar kechasi nafaqat yeyish ruxsat etiladigan, balki foydali bo‘ladigan  mahsulotlar nomini ma’lum qilishdi.

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari ozish jarayonini ishga tushirishga yordam beradi, deb yozadi «Medik Forum».

Tungi hordiqdan yarim soat oldin 30 gramm oqsil ortiq vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Masalan, oqsilga boy tvorog moddalar almashinuvini tezlashtiradi, yana yurak-qon tomir salomatligini yaxshilaydi.

Ye vitamini, magniy va selenga boy yong‘oqni uxlashdan oldin ozroq iste’mol qilish ham ushbu jarayonga ko‘maklashadi.

Motsarella tarkibida oqsil va D vitamini bo‘lib, uyquni yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi. Uyquga yotishdan oldin ushbu pishloqdan ozroq yeb olish tavsiya etiladi. U faqat nonushta paytida foydali hisoblanmaydi.

Oqsilning yana bir manbai tofu pishlog‘i sanaladi. Uni kechasi yeganda ham, qad-qomatingizdan xavotir olmasangiz bo‘ladi. U kalsiy va temirga boy, xolesterin esa tarkibida yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring