O‘zini «qiz» deb tanishtirgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxorlik talaba yigit bilan Telegram messenjerida tanishgan «qiz» aslida tovlamachilik bilan shug‘ullangan yigit bo‘lib chiqdi.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi talaba F.B. ariza bilan murojaat qilgan. Unda Telegram messenjerida o‘zini «Tojiboyeva Rayhon» deb tanishtirgan noma’lum shaxsga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlarini ishonib yuborganini, noma’lum shaxs fotosuratlarni olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik uchun 900 ming so‘m pul talab qilayotganini ma’lum qilgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zini «Tojiboyeva Rayhon» deb tanishtirgan noma’lum shaxs Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan J.Sh. ekani aniqlangan.
J.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter