Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» o‘z aksiyalarini sotuvga chiqaradi

«O‘zbektelekom» o‘z aksiyalarini sotuvga chiqaradi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Xalq IPO si» davlat dasturida o‘zining aksiyalarini chiqarish arafasida turibdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi.

Shu kunlarda qator davlat tashkilotlarini xususiylashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan, «Xalq IPO si» deya e’tirof etilgan davlat dasturi doirasida yirik aloqa operatori bo‘lgan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi ham o‘zining aksiyalarini chiqarish arafasida turibdi.

Xalq IPO si nima?

Xalq IPO si — bu kompaniya aksiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy shaxslarga sotish. Bu oddiy odamlarga yirik milliy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish va shu orqali nafaqat kompaniya foydasining bir qismini olish, balki uni rivojlantirishda ishtirok etish imkonini ham beradi. Xalq IPO sida aksiyalar birinchi navbatda jismoniy shaxslarga – mamlakat fuqarolariga sotiladi.

IPO nima va u nimaga o‘tkaziladi?

IPO (Initial Public Offering) – bu korxona tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan oddiy aksiyalar, ya’ni kompaniya aksiyalarining fond birjasida birinchi marta listingdan o‘tishi va keng ommaga joylashtirilishi hisoblanadi. Aksiyalarni sotib olgan aholi vakillari yoki kompaniyalar biznesga sherik hisoblanadi.

«O‘zbektelekom» AK IPO da ishtiroki qanday o‘tmoqda?

Ushbu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi sifatida «O‘zbektelekom» AK ham o‘zining umumiy hajmi 5 542 046 dona bo‘lgan birlamchi oddiy aksiyalarini Toshkent fond birjasida 2023 yil 20 dekabrda listinga kirib, ikkilamchi bozorda savdo jarayonini boshlashi kutilmoqda. O‘zbekistonning xohlagan fuqarosi ushbu jarayonda qatnashish imkoniga ega.

«O‘zbektelekom» AK sarmoyadorlar uchun telekommunikatsiya sohasida kompaniya muvaffaqiyatlari tarixining bir qismi bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqda. Har bir aksiyaning boshlang‘ich narxi 6 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha baholanmoqda.

«O‘zbektelekom» AK sarmoyadoriga aylanish nima uchun foydali?

Mobil aloqa segmentida UZTELECOM 7,5 million abonentga ega bo‘lgan bozor ulushining chorak qismini egallab, tayanch stansiyalari sonini 25 mingtaga yetkazdi. Ushbu segmentda kompaniya sezilarli o‘sishni namoyish etmoqda: so‘nggi besh yil ichida mobil baza stansiyalari soni qariyb to‘rt baravarga oshdi, 3 G va 4 G tarmoqlari qamrovi kengaydi, 5 G texnologiyasini joriy etish davom etmoqda.

Internetga keng polosali ulanish segmentida ham UZTELECOM abonentlar sonining sezilarli o‘sishini qayd etdi. Oxirgi 5 yil ichida kompaniya internet tezligini muvaffaqiyatli oshirib, uning narxini pasaytirdi, bu esa O‘zbekistonga keng polosali internetdan foydalanish imkoniyati bo‘yicha dunyoning yetakchi 25 davlati qatoriga kirish imkonini berdi. Kompaniya keng tarmoqli ulanish segmentida 83% asosiy ulushga ega bo‘lib, 2 milliondan ortiq abonentlariga ega va yillik o‘sish 30% ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, joriy yilda UZTELECOM «O‘zbekistonda 5 G ta’minoti bo‘yicha eng yaxshi operator», «MDH davlatlarining 2023 yilda mintaqaviy operatori», «MDH davlatlari orasida eng dinamik rivojlanayotgan mintaqaviy operator» va «Eng tezkor mobil aloqa tarmog‘i» kabi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bu Kompaniya mamlakatning raqamli rivojlanishiga joriy etayotgan sifat va innovatsiyalarga sodiqlining tasdig‘idir.

«O‘zbektelekom» AK IPO ida qanday ishtirok etsa bo‘ladi?

Ushbu jarayon uchun emitent tomonidan anderrayterlar va texnik hamkorlar bilan birga juda qulay sharoit yaratilgan. IPO ga qatnashish uchun MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali IPO da masofadan turib ishtirok etishning qulay va oddiy tartibi mavjud. Potensial investorlar intuitiv interfeys va ilovadagi aniq ko‘rsatmalar orqali IPOda o‘z uylarida yoki ofislarida, ish joylarida turib ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun MyUZTELECOM mobil ilovasida bir necha oddiy amallarni bajarish kifoya:

  1. MyUZTELECOM ilovasini yuklab olish.
  2. Onlayn identifikatsiyadan o‘ting va brokerlik hisobini ochish.
  3. IPO bo‘limida IPOda ishtirok etish uchun ariza berish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring