«O‘zbektelekom» AK: «Ushbu yorqin bayramga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda»
Joriy yil mamlakatimizda ilk marotaba juda ham muhim va ahamiyatli voqea – O‘zbek tili bayrami kuni nishonlanadi. Mazkur sana tasodifan tanlanmagan: 21-oktyabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989-yil aynan ushbu kunda «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan.
1989-yil 21-oktyabrda qabul qilingan «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilingan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda nutq so‘zladi.
«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin», – deb ta’kidlagandi mamlakatimiz rahbari.
«Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili – dunyodagi yirik tillardan biridir. Unda deyarli 50 million kishi so‘zlashmoqda, 60 ta mamlakatlarda o‘zbek tili o‘qitilmoqda» – qayd etgandi prezident.
2019-yil 4-oktyabrda Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori va 21-oktyabrda «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan.
Ushbu farmonga muvofiq, 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni deb e’lon qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzurida o‘zbek tilining maqomini yaxshilash, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, sohadagi muammolarni tahlil qilish va ushbu yo‘nalishdagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
Ona tilining tarixiy ildizlarini yanada chuqurroq o‘rganish, uni har tomonlama ilmiy o‘rganish, foydalanish ko‘lamini kengaytirish, filologlarni tayyorlash sifatini oshirish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Bu bebaho merosni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yil 10-aprel kuni «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.
«O‘zbektelekom» AK barcha abonentlar va kompaniya xodimlarining ishi hamda hayoti uchun o‘zbek tilining muhimligi va ahamiyatini yaxshi tushunib yetadi. Kompaniyadagi barcha ish yuritish ishlari «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq qat’iy ravishda olib borilmoqda. Aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi barcha maxsus atama va tushunchalar allaqachon davlat tiliga muvaffaqiyatli tarjima qilingan va keng qo‘llanib kelinmoqda. Dunyoda yangi texnologiyalar va maxsus atamalarning paydo bo‘lishi bilan, biz yangi so‘z va atamalarning o‘zbek tilidagi talqinlarini amaliyotga tadbiq qilinmoqda. O‘zbek tili go‘yo tirik organizm kabi doimo taraqqiy etib bormoqda.
Kompaniyaning har bir abonenti barcha xizmatlarning ro‘yxatini, shartnomadan tortib, ommaviy ofertagacha va turli xildagi SMS-xabarlar, telefon orqali ovozli «robot»dan keladigan xabarnomalarni, eng avvalo, aholi uchun tushunarli bo‘lgan o‘zbek tilida olishadi.
«O‘zbek tili bayrami kuni»ni nishonlash arafasida kompaniyada yoshlar o‘rtasida o‘zbek tilining o‘rni va mavqeini oshirish uchun onlayn viktorina va seminarlar shaklida xodimlar uchun maxsus tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kompaniya xodimlari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy Muzeyiga tashrif buyurishdi. Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyoti muzeyi – Toshkentdagi yirik ilmiy-tadqiqot markazi va ma’rifat muassasasidir. Muzeyning asosiy faoliyati o‘zbek adabiyoti yodgorliklarini o‘rganishdan iborat.
Bundan tashqari, O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyaning barcha filiallarida ushbu yorqin bayramga bag‘ishlangan bayram tadbirlari tashkillashtirilmoqda.
«Agarda bizning xodimlarimiz, farzandlarimiz o‘z ona tilisini o‘rganmasalar, til unutilib ketishini hammamiz yaxshi tushunamiz.
«O‘zbektelekom» AK barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi. Ona tili xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, urf-odatlarni saqlaydi. Shuning uchun ham ona tilining shon-shuhratini oshirish, uni bir qator rivojlangan tillar qatoriga qo‘shish juda muhim. Chunki til bor ekan, demak, millat bor», — deyiladi kompaniya xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter