Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «O‘zbektelekom»ning Toshkent viloyatidagi Data-markazi bilan tanishdi

AKT vaziri «O‘zbektelekom»ning Toshkent viloyatidagi Data-markazi bilan tanishdi

Foto: Mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bugun, 24-may kuni «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent viloyatidagi kengaytirilayotgan Data-markazi bilan tanishdi.

Markaz ma’lumotlarni saqlash markazlarini kengaytirish va modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.

Data-markaz VDC — Virtual Data-markaz, VDI — Virtual Desktop Infrastructure, Videokonfenetsaloqa, Colocation, Veb-xosting, Bulutli videokuzatuv boshqa turdagi bulutli servislar va xizmatlarni to‘liq taqdim etadi.

«O‘zbektelekom» AK shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan barcha kompaniyalarga qulay sharoitlar, imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun hamkorlikka taklif qiladi.

Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK bulutli Data-markazi asosida internet xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda server uskunalari va IT-gigantlarning ko‘plab xizmatlarini mahalliylashtirib kelmoqda.

Markaz tashkil etilishi O‘zbekiston hududida xalqaro internet kanalini yanada sezilarli darajada yengillatish imkoniyatini yaratdi. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlari uchun yanada arzonroq va tezkor tariflarni taqdim etadi.

Data-markaz xavfsizlik bo‘yicha eng zamonaviy uskunalar va ishonchlilik tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan.

Sherzod Shermatov markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, uni yanada kengaytirish va tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, uning xizmatlarini sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring