O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston poytaxtiga keldi. Bu haqda «Dunyo» xabar bermoqda.
Diplomat 45 yoshda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda attashedan tortib bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti (Pekin sh., Xitoy) kotibiyatida ishlagan. 2018-2023 yillarda mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
Sardor Rustamboyev 2020–2023 yillarda Dehlidagi Elchixonaga rahbarlik qilgan va 2023-yil sentyabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Ahatov o‘rniga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter