Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga Moderna vaksinasining yirik partiyasi keltirildi

O‘zbekistonga Moderna vaksinasining yirik partiyasi keltirildi

Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 2 822 400 doza Moderna vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 53 579 548 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

- 2 404 480 dozasi AstraZeneca;

- 38 700 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

- 1 341 790 dozasi «Sputnik V» ;

- 6 322 860 dozasi Moderna;

- 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;

- 1 976 000 dozasi Sinovac;

-  207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 44 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, Moderna vaksinasining ilk partiyasi 2021 yil yozida keltirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring