Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moderna kompaniyasi Pfizer va BioNTechni sudga berdi

Moderna kompaniyasi Pfizer va BioNTechni sudga berdi

Foto: Pixabay

Amerikaning Moderna farmatsevtika kompaniyasi Pfizer va BioNTech kompaniyalari bilan sudlashmoqda. Moderna raqobatchilarini o‘zining COVID-19ga qarshi vaksinasi texnologiyalarini o‘zlashtirishda aybladi.

«Biz yaratishga milliardlab dollarlar sarflangan va COVID-19 pandemiyasiga qadar o‘n yillar avval patentlangan o‘z ixtiromiz — mRNK innovatsion texnologik platformamizni himoya qilish uchun da’vo kiritdik», — dedi Moderna rahbari Stefan Bansel.

Kompaniya nazarida, Pfizer va BioNTech uning texnologiyasidan noqonuniy nusxa olgan. Qolaversa, bu texnologiyadan ruxsatsiz foydalanishda davom etmoqda.

Kompaniya Massachusets okrug sudi (AQSh) va BioNTech shtab-kvartirasi joylashgan Germaniyadagi sudga da’vo kiritdi.

Moderna kompaniyasi Pfizer va BioNTechni o‘zining kkki ixtirosini o‘zlashtirishda ayblamoqda. Moderna bayonotiga ko‘ra, Pfizer va BioNTech vaksinalari xuddi Moderna vaksinasi kabi mRNK kimyoviy modifikatsiyalariga ega.

Ikkinchi da’voda esa Pfizer va BioNTech kompaniyalari Modernaning yaqin sharq respirator sindromi (MERS)ga qarshi vaksinasini o‘g‘irlaganlikda ayblanyapti.

AQShda koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech hamda Moderna vaksinalari bilan emlash 2020-yil oxirlarida boshlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring