Saraton xastaligiga qarshi dori yaratilishiga oz qoldi

So‘nggi yillarda olimlar turli saraton xastaliklarini davolash borasida sezilarli siljishga erishdilar. Pfizer farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Albert Burlaning aytishicha, yaqin kelajakda saratonga qarshi dori yaratiladi.

Foto: RBK
«Ilm-fan saraton yo‘nalishida yetuklik darajasiga chiqdi, yaqin yillarda amaldagi davolash usullari jiddiy o‘zgarishiga guvoh bo‘lamiz», — dedi Albert Burla.
Burla, shuning barobarida, boshqa kasalliklar haqida bunchalik optimist emasligini yashirmadi. Biroq saraton masalasida olimlar maqsadga juda yaqin turishibdi, ta’kidladi u.
Pfizer rahbari ilmiy hamjamiyatning COVID-19ga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatiga ham to‘xtaldi: «Agarda vaksinalar va davolash usullari to‘g‘ri qo‘llanilsa, dunyoda koronavirusdan bitta ham o‘lim holati qolmaydi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter