Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi jurnal ta’sis etildi

O‘zbekistonda yangi jurnal ta’sis etildi

Foto: «Xabar.uz»

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida keng jamoatchilik, xususan xalqaro hamjamiyatni doimiy xabardor qilib borish maqsadida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan «O‘zbekiston strategiyasi» ijtimoiy-tahliliy jurnali ta’sis etildi.

Xabar berilishicha, jurnal keng o‘quvchilar auditoriyasi, jumladan xususiy tadbirkorlar, siyosiy, ekspert-tahlil va amaliy doira vakillari hamda yurtimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun mo‘ljallangan. Unda turli mavzulardagi tahliliy maqolalar, infografikalar, mustaqil ekspertlarning fikr va mulohazalari, jamoat tashkilotlari vakillari, vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan intervyular berib boriladi.

Jurnalning yana bir o‘ziga xos jihati — uning sahifalarida O‘zbekistonning muvaffaqiyatli rivojlanishiga qaratilgan yangi takliflar bildirish, yetakchi xalqaro tajribalar haqida ma’lumot berish uchun maxsus maydon tashkil etildi.

«O‘zbekiston strategiyasi» jurnali o‘zbek, rus va ingliz tillarida alohida ko‘rinishda har chorakda chop etiladi.

Jurnalning ilk soni chop etilib, undan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning birinchi bosqichi — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar natijalariga bag‘ishlangan materiallar o‘rin oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring