Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusida dron olib kirganlik uchun jazo yengillashtirilishi mumkin

Kelgusida dron olib kirganlik uchun jazo yengillashtirilishi mumkin

Prezident Administratsiyasiga joriy yilning oxiriga qadar uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dron)ni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini birinchi marta sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashga oid qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilmoqda.

Mazkur vazifa 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini 2023 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasining 14-maqsadida belgilanib, unda ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni liberallashtirish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, Administratsiya ishlab chiqadigan hujjat loyihasida bu toifadagi huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksiga belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo choralarini kiritish ham nazarda tutilishi kerak bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Jinoyat kodeksining 244-4-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga qonunga xilof ravishda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish 3 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring