Eksport bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvlari 3 barobar qisqartiriladi – loyiha
Manfaatdor vazirlik va idoralarga 2023-yilning avgustiga qadar mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvini 3 barobar qisqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
Bu haqda 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasining 28-maqsadida belgilab qo‘yilmoqda.
Unga ko‘ra, eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan – «Eksport uch qadamda» tizimi joriy etiladi.
Bunda, eksport operatsiyalarini quyidagi 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutiladi:
- eksport shartnomasini shakllantirish;
- tovar va transport hujjatlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirish;
- bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorati.
Ma’lumot uchun, Davlat dasturi loyihasining 28-maqsadi bu, Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter