O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi
2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,9 mln. nafarga yetdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, nafaqa va pensiya oluvchilar umumiy aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qilgan. Shundan, 3,5 mln. nafarga yaqini pensiya va 400 ming nafardan ortig‘i nafaqa oluvchilar.
Yilning 1-choragida 86 535 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shuningdek, 4 892 nafardan ortiq fuqarolarning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 12,0 mlrd. so‘mlik ortiqcha to‘lovlar hisobdan chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter