O‘zbekistonda oilaviy ajrim ko‘p hududlar ma’lum qilindi
Yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni 25 400 tani tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 828 taga ko‘p bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot bermoqda.
Joriy yilning dastlabki 6 oyida Farg‘ona viloyati nikohdan ajralishlar soni eng ko‘p hudud sifatida qayd etilgan. Viloyatda yarim yilda 3 107 ta oila ajrashgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (2 989 ta) hamda Andijon viloyati (2 854 ta) keltirilgan.
Nikohdan ajralishlar soni eng kam hudud — Navoiy viloyati bo‘lib, u yerda yanvar—iyun oylarida 755 ta ajralishlar qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Sirdaryo (796) va Jizzax (873 ta) viloyatlari band qilgan.
Ajralishlar o‘sish sur’atining eng yuqori darajasi Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida, past darajasi esa Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter