Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda karantinni buzish holatlari 47 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda karantinni buzish holatlari 47 mingga yaqinlashdi

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 46 672 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ular:

- Toshkent shahrida – 7 347 ta holat;

- Farg‘ona viloyatida – 5 891 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 6 065 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 4 769 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 3 759 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 3 594 ta holat;

- Namangan viloyatida – 2 913 ta holat;

- Andijon viloyatida – 2 765 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 962 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 855 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 824 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 758 ta holat;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1 554 ta holat; 

- Navoiy viloyatida – 616 ta holatni tashkil etmoqda.

10-aprel kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida yashovchi 2002-y.t. S.B. sartaroshxonada faoliyat ko‘rsatib kelganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

10-aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumanida yashovchi 1964-y.t. F.H. o‘zining avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchi tashib yurganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring